Bollivudning taniqli yulduzlari yangi loyihalar bilan ekranlarga qaytmoqda.

Ayshvariya Ray Bachchan

Foto: “Yandeks Dzen”

2018-yilda namoyish etilgan “Fanni Xan” filmining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng ekranlardan g‘oyib bo‘lgan aktrisa 3 yildan buyon hech qayerda ko‘rinish bermayotgan edi. Ammo sevimli rejissori suratga olayotgan “Ponniyin Selvan” tarixiy darmasi bilan ekranlarga qaytmoqda. Shuningdek, Ayshvariyani Sanjay Lila Bhansalining “Heera Mandi” filmida ham ko‘rish mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Dimpl Kapadiya

Foto: “Yandeks Dzen”

Dimpl o‘zi ishtirok etgan “Dalil” filmi muvaffaqiyatidan so‘ng seriallarda rol ijro etishga tayyor. U shuningdek, Saif Ali Xon bilan birgalikda Amazon’ning “Tandav” loyihasida suratga tushadi. Bundan tashqari, aktrisa Shohrux Xon bilan “Patan” va “Braxmastra” filmida ham rol ijro etadi.

Bobbi Deol

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyorga hozirda salbiy xarakterdagi rollarga talab katta. U yaqinda Ranbir Kapurning “Hayvon” nomli loyihasida yovuz odamning rolini ijro etadi.

Madhuri Dikshit

Foto: “Yandeks Dzen”

Madhurini anchadan buyon muxlislari intiqlik bilan kutmoqda. Yaqinda ommaviy axborot vositalari uning sevimli rejissorlaridan Sanjay Lila Bhansali, Aditya Chopra va Karan Joharning taklifi bilan ekranlarga qaytishni rejalashtirmoqda. Ularning uchalasi ham aktrisa uchun rol yozmoqchi.

Farxan Axtar

Foto: “Yandeks Dzen”

Farxanning so‘nggi roli 2019-yilda namoyish etilgan “Pushti osmon” dramasi edi. Bu yil rejissor Rakesh Omprakash Mexraning “Toofan” filmida ishtirok etadi.

От qwert.uz