Apple hozircha faqat dasturchilar foydalana olishi mumkin bo‘lgan iOS 14.5 operatsion tizimining beta-versiyasini taqdim etdi. Unda 217 ta yangi emoji paydo bo‘lgan, ularning 200 tasi — bu turli variantdagi juftliklar, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Emojipedia

Xususan, endilikda foydalanuvchilar soqolli ayol va erkak smayliklaridan foydalana oladi. Ta’kidlanishicha, ayol yuziga ega emojilar qoshlari ingichka va sochlari uzun holda chizilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Emojipedia

Shuningdek, yangi emojilar qatoridan — horg‘in nafas chiqarayotgan smaylik (Exhaling Face), boshi aylanayotgan (Face With Spiral Eyes) va bulutlar orasidagi smayliklar (Face in Clouds) o‘rin olgan. Bundan tashqari, dasturchilari mavjud bo‘lgan shprits smayligiga o‘zgartirish kiritib, undagi qonni olib tashlagan (aftidan, bu koronavirusga qarshi vaksinatsiyaga bog‘liq).

Foto: Emojipedia

Yurakka bog‘liq yangi smayliklar ham paydo bo‘lgan — yonayotgan (Heart on Fire) va davolanayotgan (Mending Heart).

Foto: Emojipedia

2020-yilning dekabrida taqdim etilgan yangi AirPods Max naushniklaridan so‘ng, Apple naushniklar emojisini ham o‘zgartirgan. Yangi emojilarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Foto: Emojipedia

Eslatib o‘tamiz, Apple fevral boshida iOS 14.5’ning beta-versiyasini taqdim etgandi. Yangilanish orqali iPhone’ni niqobda bo‘lgan holda ham yuz skaneri yordami ochish funksiyasi joriy etilmoqda.

От qwert.uz