Hind kinosanoatidagi eng ko‘p birga suratga tushgan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Dxarmendra va Hema Malini

Foto: Pinkvilla

Go‘zalligi va mahorati bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan aktrisa va Bollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyor birgalikda 40 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Ular orasidagi eng esda qoladiganlaridan biri 1975-yilda suratga olingan “Qasos va qonun” filmi sanaladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ular gavdalantirgan juftlik nafaqat Hindiston, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan. Ular “Go‘zal va qaysar” filmining suratga olish jarayonida bir-birini sevib qolgan, ammo Dxarmendraning oilasi bor ekani sabab juftlik munosabatlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, mashhurlar keyinchalik turli qiyinchiliklarni yengib o‘tib turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan. “Sultonning qizi”, “Alibobo va qirq qaroqchi”, “Ozudagi qiz”, shuningdek, “Zita va Gita” singari filmlar ular ishtirokidagi eng omadli loyihalardan sanaladi.

Rishi Kapur va Nita Singx

Foto: Pinkvilla

Bollivudning eng mashhur va chiroyli juftligi 19 ta loyihada ishtirok etishga ulgurgan. “Ikki karra ikki — to‘rt”, “Taqdiring o‘z qo‘lingda”, “Amar, Akbar, Antoni” filmlari shular jumlasidan.

Raj Kapur va Nargis

Foto: Pinkvilla

Mazkur juftlikning ijrosi tomoshabinlarni hech qachon befarq qoldirmagan. 8 yil davomida Raj Kapur va Nargis birgalikda 16 ta filmda suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan. Aktyor va aktrisaning rolini ishonarli ijro qilish siri ular o‘rtasida sevgi borligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Juftlik hatto oddiy sahnalarni ham klassikaga aylantira olgan. “Janob 420”, “Qalb”, “Yomg‘ir mavsumi” singari filmlar ular ijrosidagi eng mashhur loyihalardan sanaladi.

Amitabx Bachchan va Jaya Bhaduri

Foto: Pinkvilla

16 ta filmda birga suratga tushgan juftlik munosabatlari ularning shaxsiy hayotiga ham ta’sir qilmay qolmagan. Muxlislar uchun sevimli bo‘lgan Amitabx va Jaya 1973-yilda turmush qurgan. “Gohi shodlik, gohi g‘am”, “Qasos va qonun”, “Bansi va Birju” mashhurlar ishtirokidagi eng sara filmlar sanaladi.

Anil Kapur va Shridevi

Foto: Pinkvilla

Anil Kapur va Shridevi jami 16 ta loyihada ishtirok etishga ulgurgan. Aktrisa Anilning akasiga turmushga chiqqan. Anil hamda Shridevi ishtirokidagi “O‘zlikni yo‘qotish”, “Qadrdon og‘ayni”, “Janob Hindiston” va boshqa loyihalar muxlislar qalbidan joy olgan.

От qwert.uz