Ba’zi kasalliklarni butunlay davolashning imkoni bo‘lmasa-da, ular bilan ham normal hayot kechirish mumkin. Qandli diabet kasalligi ham shular jumlasidandir. Kasallik aniqlangandan keyin ham o‘zini xotirjam tutgan yulduzlar bu borada ortiqcha tashvishlanmaydi. Ular iloji boricha parhez, sport va vaqtida dam olishga amal qiladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Tom Xenks

Foto: Cosmopolitan

“Oskar” mukofoti sohibi 2013-yilda qandli diabet haqida so‘z ochgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor 1992-yildan buyon kasallik bilan kurashib kelgan va keyinchalik u kasallikning ikkinchi toifasiga o‘tgan. Bunga asosiy sabablardan biri — doimiy suratga tushish ishlari uchun parhez tutish hamda vazndagi kuchli o‘zgarishlardir. “Men bezovta qilayotgan belgilarga e’tiborsiz bo‘lgan, natijada kasallik tashxisini olgan dangasa amerikaliklarning avlodidanman… Bu ahmoqlikning o‘zginasi”, − deydi aktyor. U kasallik bilan yashashga ko‘nikdi va hozirda o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.

Xelli Berri

Foto: “vokrug.tv”

Aktrisa 19 yoshidayoq qand kasali haqida bilib, darhol parhez qilishni boshlagan va hozirgacha bunga amal qiladi. Avvaliga u tez orada vafot etishini tan olgan edi. Ammo buni taqdirning bir sovg‘asi hamda sog‘lom turmush tarzini olib borishga ishora sifatida qabul qildi.

Sheron Stoun

Foto: “kanal 5”

Aktrisa qandli diabetning birinchi toifasi bilan kasallangan. U muntazam ravishda insulin dozasini qabul qiladi. Aktrisa go‘zal ko‘rinishning siri nimada, degan savolga: “Hech qanday sir yo‘q. Men kerak bo‘lgan barcha ishni qilaman: to‘g‘ri ovqatlanish, uxlash va sport bilan shug‘ullanish. Men juda ham baxtliman”, — deya javob bergan.

Jorj Lukas

Foto: Cosmopolitan

“Yulduzlar jangi” rejissori Vyetnamda xizmatni o‘tash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganda qand kasalining ikkinchi toifasida ekanligini bilgan. Ehtimol, kasallik otasi yoki bobosidan o‘tgandir.

Nik Jonas

Foto: Cosmopolitan

Hind aktrisasi Priyanka Chopraning turmush o‘rtog‘i 13 yildan buyon qand kasali bilan yashab kelmoqda. “Ushbu kasallik meni tamom qilishi mumkin edi, shukrki, bunday bo‘lmadi. Odatdagidek hayot kechiraman, muntazam ravishda qondagi qand miqdorini o‘lchayman va insulin qabul qilaman”, − deydi Jonas.

Korneliya Mango

Foto: Cosmopolitan

Xonanda 2013-yildan buyon kasallik bilan yashab kelmoqda. Uning hatto jonlantirish bo‘limiga tushib qolgan vaqtlari ham bo‘lgan. Shundan keyin u to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar va chekishni tashlashni o‘rgandi. Uning misolida davolab bo‘lmaydigan kasallik bilan ham hayot kechirish mumkinligini ko‘rish mumkin.

Aleksandr Semchev

Foto: Cosmopolitan

2018-yilda aktyor 50 kilogramm vazn yo‘qotib, barchani hayratga solgan. Buning sababi unda aniqlangan ikkinchi toifa qand kasalligi edi. Qonda qand miqdori me’yorida bo‘lishi va o‘zini yaxshi his qilishi uchun aktyor vazn yo‘qotishiga to‘g‘ri kelgan.

Yuliya Savicheva

Foto: Cosmopolitan

Qo‘shiqchi homiladorlik vaqtida qandli diabetga chalingan. Bunday holat tez vazn ortishi tufayli taxminan 5 foiz ayollarda uchraydi. Tug‘ruqdan keyin kasallik ham bartaraf etilishi mumkin, ammo parhez tutishda davom etish kerak.

От qwert.uz