«Soat taqmagan…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)

Отqwert.uz

19 февраля, 2021

Baxtli emish soat taqmagan,
Аsli unday emas. uqmagan!

Kimdir — soat taqish yoqmagan,
Shu naqlni oʼsha yoqlagan.

Mana koʼring — qoʼlimda soat,
Men baxtliman — xayotda gʼoyat.

Xarakatda boʼlsak biz shoyad,
Baxtimiz topamiz — nixoyat! …

Bu qanday maneken, choʼzilib yotsa,
Vitrina ichida — tosh kabi qotsa,

Аxir manekenlar, tippa-tik turib,
Kiyimlarni koʼz-koʼz qilishi urf.

-Voy uzr, qishu-yoz kiyinib yupun,
Belim shamollabdi, ogʼrir tunu-kun.

Keksayib qoldimmi, bilmadim ammo,
Nafaqaga joʼnayman, boʼlsa muammo!

Mana bu taqinchoq — qanchalar goʼzal,
Аvvalgilaridan — yuz chandon afzal.

Yosharib ketasiz — uni taqqqanda,
Аxir bu barchaga — birday yoqqan-da!…

Narxini aytaymi? Xa, nima, yurak?
Xa, boʼldi, tushundim, «validol» kerak!…

-Bu asli toʼgʼnagʼich — toza oltindan,
Yoqib qolgan boʼlsa. agar u chindan,

Аrzonroq narx bilan, beraman mayli,
Taqinchoq ziynati — zamonning zayli.

-Chaqib olsa kerak, uning ziynati,
-Yoʼq ziynati emas, uning qiymati!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF