Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida o‘g‘lining mast holda tanishidan ish haqini talab qilish uchun pichoq bilan uyidan chiqib ketishiga to‘sqinlik qilgan otaning o‘zi pichoqlandi. Bu haqda “Sevimli TV” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, o‘g‘il 2020-yil 3-noyabr kuni soat 18:00 larda ko‘chada spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘z uyiga kelgan va fermer xo‘jaligida birga ishlagan tanishi bilan telefonda tortishib qolgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Sudlanuvchi qo‘liga pichoq olib, tashqariga chiqib ketayotganida uning 1955-yilda tug‘ilgan otasi o‘g‘lini to‘xtatib qolishga uringan. Biroq o‘g‘il otasiga yo‘lini to‘smasligini, ish haqini olib kelish uchun borayotganini aytganida ota unga mast holatga ko‘chaga chiqishiga ruxsat bermagan. Ota-bola o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida o‘g‘il pichoqni otaning chap ko‘krak sohasiga sanchib olib, uni qasddan o‘ldirgan.

Avvalroq Andijonda qo‘shni ayolni qarz bermagani va ustidan kulgani uchun o‘ldirgan shaxs 17,5 yilga qamalgani, Qashqadaryoda mast erkak xotini va qaynsinglisini pichoqlagani hamda buxorolik ayol rashk sabab erini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz