Kamin qarshisidagi uloq va buzoqchalar. Texas aholisi qattiq sovuqda hayvonlarni qutqarib qolishga urinmoqda (foto)

AQShning bir nechta janubiy shtatlarida havo harorati Selsiy bo‘yicha -20 darajagacha tushib ketdi. Texasda bu qator muammolarni yuzaga keltirgan, jumladan, ommaviy elektr uzilishlari va suv ta’minotidagi uzilishlar. Mamlakat janubida sovuq havo qurbonlari soni 20 kishidan oshib ketgan.

Shunga qaramay, eng qiyin vaziyatlarda ham shtat aholisi nafaqat o‘zlarini, balki hayvonlarni ham qutqarib qolishga urinmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Texasliklar uylariga fermalardagi juft tuyoqli hayvonlar va qushlarni isinib olishlari uchun olib kirmoqda. Esquire Texas aholisi qanday qilib hayvonlarni sovuqdan himoya qilishga urinayotgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

Mavzuga doir: AQShda beshta aeroport qor bo‘ronlari va sovuq ob-havo tufayli yopildi

Foto: Esquire