«Muammolari…» (Xazil sheʼrlar — prikollar)

-«Qaerda tibbiyot — yuksak choʼqqida?»,
-«Oʼylab xam koʼrmabmiz, shular xaqida!».

-«Men oʼylab koʼrganman, javobim tayyor».
-«Internet-yordamching, yashirma ayyor!».

-«Qanday bilganimni, xoʼsh, nima farqi?,
Аxamiyatsizdir — millati, irqi.

Bu davlat nufuzi — ellarda doston,
Nomin sizga aytsam — buyuk Xindiston!».

-«Xa toʼgʼri, tibbiyot ularda yuksak,
Lekin masalaga — tubdan qarasak,

Ularda xam bordir — muammolari,
Bir eslang, sevimli — xind kinolarin,

Tugʼilgan chaqaloq — almashib qolar,
Yoki egizakdan — biri yoʼqolar!

Soʼngra muammolar — ketar qalashib,
Sudlashib, bir umr — meros talashib!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF