Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Zarina Nizomiddinova o‘g‘li Saidumarning sahifasiga yangi surat joylashtirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Instagram
Xonanda Milena Madmusayeva folloverlarini yangi surat bilan xushnud etdi.

Foto: Instagram
Xonanda Shirin 27-fevral kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Turmush o‘rtog‘i Nodir Zoitov unga atab qo‘shiq kuyladi.
Shahzoda Muhammedova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram
Umidaxon imijini o‘zgartirdi. Xususan, u sochining rangini ochartirdi va kaltalatdi.

Foto: Instagram
Yulduz Rajabova folloverlarining “Mendirman Jaloliddin” seriali haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Foto: Instagram
Munisa Rizayeva dugonasining qizi Habibani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga planshet sovg‘a qildi.

Foto: Instagram
Halimaxon sahifasiga Yulduz Usmonovaning konsertiga tayyorgarlik jarayonidan video joyladi.
Luiza Rasulova sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram
“Dizayn” kulgi jamoasi vakili Abdurahmon Mavlonov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan do‘kon sotuvchisini haqoratlayotgani aks etgan videosiga izoh berdi. U sahifasida jonli efirda folloverlarining shu haqdagi savoliga javob berdi.
“O‘zingiz ko‘chada shunaqa vaziyat bo‘lib qolsa, urishasizmi yoki urishmaysizmi? Sizga biron narsa deb, tashab qolsa? Erkak kishida bo‘lib turadi. ‘Puling ko‘payib ketdimi, polvon?’ desa, shunaqa javobni kutganmidingiz?”, — deydi Abdurahmon Mavlonov folloveriga javoban.
“Alam qilayotgani, g‘iybat qilayotganlar erkak kishilar, kirib, izohlarda onadan so‘kishyapti. Yoqmasa, sur profilimdan. Nima endi, negativchilarning gapiga qarab yashashimiz kerakmi? Xohlaganimizcha yashaymiz. Erkak kishi ko‘chada urishib turadi, urishdik ham deylik, nima bo‘pti?. ‘Kuchayib ketibsizlar, pullaring ko‘payib qolibdi’ deb yozibsizlar. Pulim bo‘lsa, bo‘lmasa, shunaqaman”, — deydi Abdurahmon Mavlonov.
Mavzuga doir: