Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Jahongir Otajonov Turkiyadan ko‘rinish berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram

Alisher Uzoqov Ko‘ndir Jaroqiyning yangi ijod namunasini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Lola 1,5 yildan so‘ng vatanga qaytgani, uning qalb uyi shu yerda ekanligi haqida yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

SanJay ham sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram

Yosh aktrisa Rayhon Asadova folloverlariga xayrli kun tiladi.

Foto: Instagram

Shahzoda sahifasiga kichik o‘g‘li Halidning suratini joyladi.

Foto: Instagram

Turk aktrisasi Fahriye Evjen folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

27-fevral kuni Toshkentda Rossiyaning Raava Music leybli xonandlari — Joni, Elman, Andro va Gafurning konserti bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu konsertdan so‘ng uni ko‘rsa, o‘zbek qizlari ortidan yuguradigan turk aktyori Burak O‘zchivitga raqiblar topildi, degan xulosaga keldi. Tarqalayotgan videolarda yosh qizlar Elman, Joni va Gafurga sevgi izhor qilayotgani hamda ular o‘tirgan avtomobilning harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotganini ko‘rish mumkin.

Raava Music leybli xonandasi Gafur asli o‘zbekistonlik Abdulg‘ofur Isaxonov ekanligi haqida ma’lumot bergan edik. Gafur “Lollipop” taronasi bilan xit-paradlarda yuqori o‘rinlarni zabt etgan. U sahifasidagi yangi post orqali muxlislarini orzulariga doimo ishonishga chorladi.

“Orzularga ishonishdan hech qachon to‘xtamang, ularni amalga oshirish imkonsizligini aytishsa ham”, — deydi Gafur taxallusi bilan tanilgan Abdug‘ofur Isaxonov. U 2019-yilda Rossiyaga ketayotganida “Inshaalloh, konsert bilan qaytaman”, deb niyat qilgan edi va ikki yildan so‘ng minglab muxlislari uchun konsert dasturi bilan vatanga qaytdi.

От qwert.uz