Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turk aktrisasi Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning rasm chizish jarayoni aks etgan fotolar bilan bo‘lishdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova 7-mart kuni qizi Sa’diyaning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Foto: Instagram

Rayhon G‘aniyeva yaqin dugonasi, radioboshlovchi Shirin G‘ofurova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Dildora Niyozova betob yotgan onaxon muxlisasining holidan xabar olib, unga “Onaginam” qo‘shig‘ini kuylab berdi.

Shahzoda Muhammedova Samarqanddagi tadbirda boshlovchilik qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Lola ayollarning o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlashi haqida mulohaza yuritdi.

Afruza sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Jahongir Otajonov 24 soat ichida Instagram sahifasi butunlay o‘chirib tashlanishi mumkinligi haqida xabar olganini muxlislariga ma’lum qildi.

“Agar ko‘zlarimiz tanani emas, qalbni ko‘ra olganida edi, go‘zallik ideallari naqadar o‘zgacha bo‘lar edi”, deb yozdi Gulchehra Eshonqulova.

Foto: Instagram

Javohir Zokirov “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan onasi Gavhar Zokirovani tabrikladi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda Kanizaning Zo‘r TV telekanali boshlovchisi Ma’rufxo‘janing ustiga suv quyib yuborgani aks etgan video tarqalmoqda.

Rayhon Asadova va Shahzod Sultonov “Zo‘r bekat” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘ldi.

Foto: Instagram

Shohjahon Jo‘rayev “Xalqlar do‘stligi” saroyidagi konsertda qo‘shiq kuylab bo‘lgach, tomoshabinlardan otasini duo qilishlarini so‘radi.

Feruza Normatova ham kuzatuvchilarini yangi surat bilan xushnud etdi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva unga uzuk sovg‘a qilib, qo‘lini so‘rashayotgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi. Xonandaning hamkasb do‘stlari uni turmushga chiqayotgani bilan tabriklab, baxt tilamoqda.

Foto: Instagram

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning yosh muxlisasi uning qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan video ham tarqalmoqda. Qizcha Munisa Rizayeva unga 100 dollar bergani va ovqat olib berganini aytadi.

От qwert.uz