AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan muloqot qilish maqsadida o‘zining “45office.com” shaxsiy saytini ishga tushirdi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Reuters

“Donald Trampning ofisi Tramp ma’muriyatining buyuk qadriyatini saqlab qolishga intilmoqda, shu bilan birga, America First (Amerika birinchi navbatda) dasturini ilgari surmoqda”, — deyilgan sayt tavsifida  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Saytda hozircha uchta sahifa mavjud. Ulardan biri Donald va Melaniya Tramplarning tarjimai holiga, ularning AQShning 45-prezidenti va birinchi xonimi sifatida erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan.

Saytning asosiy sahifasi amerikaliklarga Tramp bilan “o‘z fikrlarini o‘rtoqlashish”ni taklif qiladi. Buning uchun shaxsiy aloqa ma’lumotlari bilan anketani to‘ldirish lozim. Shuningdek, sobiq prezident oilasiga biror ommaviy tadbirga taklifnoma yuborish yoki ma’lum vaziyatlarda ulardan tabrik yo‘llashini so‘rash uchun alohida imkoniyat mavjud. Uchinchi sahifa OAVdan keladigan so‘rovnomalarga mo‘ljallangan.

Saytda tarafdorlar bilan ochiq-oydin yozishmalar olib borish imkoniyati mavjud emas.

Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchilar tomonidan tashkil etilgan “Amerikani qutqarish marshi” nomli norozilik namoyishi ishtirokchilari 2021-yil 6-yanvar kuni poytaxt Vashingtondagi Kapitoliy binosiga bostirib kirgan edi.

Natijada yanvar oyining boshida Facebook va Instagram Donald Trampning akkauntini prezidentlik muddati tugaguncha blokladi. Twitter esa Trampning shaxsiy akkauntini “keyinchalik zo‘ravonlikka da’vat etishning yuqori xavfiga bog‘liqligi sabab” butunlay blokladi.

Keyinroq Trampning maslahatchisi Jeyson Miller Fox News telekanali efirida AQShning sobiq prezidenti ikki-uch oy ichida “o‘z platformasi bilan” ijtimoiy tarmoqlarga qaytishini aytdi.

От qwert.uz