Xitoyda 2021-yil oxiriga qadar avtomobillar uchun eng uzun suvosti tunnelini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: New China

Uzunligi 10,8 kilometr, eni 43,6 metr bo‘lgan tunnel Xitoyning sharqida, mamlakatdagi uchinchi eng yirik chuchuk suv havzasi hisoblangan Tayxu ko‘li ostida quriladi. U umumiy uzunligi deyarli 44 kilometrni tashkil qiluvchi Chanchjou-Usi avtomagistralining davomi bo‘ladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Loyihani amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan Xitoyning aloqa va qurilish kompaniyasi qoshidagi Third Harbor Engineering firmasining xabar berishicha, suvosti tunnelining qurilish ishlari 2018-yilning yanvar oyida boshlangan. Hozirgacha inshootda poydevor plitalarini qurish ishlari yakunlandi.

“Loyihada chiqindi suv va chang miqdorining minimalligini ta’minlovchi po‘latni avtomatik qayta ishlash uskunalari va ‘aqlli’ tizimlar qo‘llanilmoqda”, — dedi loyiha guruhi rahbari Yan Godun.

2021-yilda tunnel beton va infratuzilma obyektlarini qurish jarayonidan o‘tishi kutilmoqda.

Avvalroq Farer orollarida arxipelagning ikkita yirik orolini bog‘lovchi Estroyartunnlinn tunneli qurilishining asosiy bosqichi yakunlangani haqida xabar berildi. Mazkur tunnelning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘z ichiga Atlantika okeani tubida qurilgan dunyodagi birinchi aylanma yo‘l shaklidagi bog‘lanmani olgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Baykal ko‘lida 13-mart kuni Baikal-GVD chuqur suvosti neytrin teleskopi rasman ishga tushirildi. Teleskop Baykalning janubiy qismida qirg‘oqdan 3,5 kilometr masofada va 750—1300 metr chuqurlikda joylashgan. Uni qurish ishlari 2015-yilda boshlangan bo‘lib, 2,5 milliard rublga (34 million dollardan oshiqroq) tushgan. U Rossiya Fanlar akademiyasi Yadro tadqiqotlari instituti, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti va Irkutsk davlat universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

От qwert.uz