Dubay turistik yo‘nalishlar orasida eng talabgir maskanga aylandi

Dubay 2021-yilda turistik marshrutlar orasida talab eng yuqori bo‘lgan maskanlar reytingiga boshchilik qildi. Bu haqda Wego Travel portali tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Pixabay

Turistlarning eng talabgir yo‘nalishlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Nyu-York egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Istanbulga nasib etdi.

Shuningdek, ro‘yxatdagi top-10 talikdan Kankun, Bangkok, London, Parij, Lissabon, Male va Barselona o‘rin olgan.

Wego Travel ijrochi direktori Ross Veychning ta’kidlashicha, karantin cheklovlariga qaramay, turistlar sayohatga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmagan. Dubay ko‘plab yashil manzaralar, ekologiyasi va plyajlari bilan dam oluvchilarni o‘ziga jalb etadi.

Bundan tashqari, Veychning qayd etishicha, kelajakda xalqaro turizmni soddalashtirishga xizmat qiladigan sog‘liq to‘g‘risida raqamli pasport paydo bo‘ladi.