Ikki zebra qizitishib suxbatni,
Soʼzlardilar sira bermay navbatni:
-«Eshitdingmi doʼstim, yangilik bugun,
Suvaysh kanalida, bir kema degin….
Koʼndalang boʼp qolib, yoʼlni toʼsibdi,
Yuklar toʼxtab qolib, zarar oʼsibdi!».
-«Nimalar deyapsan, ovsar tasqara,
Sen oʼzing kimsanu, turqinga qara?
«Suvaysh»ning biz uchun nimasi qiziq?
Oʼylaylik yaxshisi, toʼplashni oziq!».
-«Sen bunday oʼylama, kaltabin boʼlib,
Shunday davom etsa, kemalar qolib,
Qoʼlga oʼrgatishib, boʼlsada qiyin,
Bizda yuk tashishar, kemaday keyin!
Ikki dengiz aro, yuk tashib kunda,
«Boʼzchi mokisi»day qatnaymiz unda!
-«Kanaldagi mushkul, tezroq yechilsin,
Ishqilib, kemaning — yoʼli ochilsin!…»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF