Mazali va to‘yimli suyuq ovqat retsepti.

Foto: Russian Food
— Manba: «Daryo» nashri.
Kerakli mahsulotlar:
- qo‘y go‘shti — 700 g;
- kartoshka — 3 dona;
- piyoz — 1 dona;
- sabzi — 1 dona;
- bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
- baqlajon — 1 dona;
- pomidor — 2 dona;
- sarimsoq — 2 dona;
- petrushka;
- shivit;
- tuz;
- o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
- Bo‘laklarga bo‘lingan qo‘y go‘shtini qaynatib oling.
- Qaynab chiqqanidan keyin ko‘pigini oling va past olovda go‘sht yumshagunicha qaynating.
- Sabzavotlarni barchasini to‘g‘rab oling.
- Piyoz va sabzini qizargunicha qovuring.
- Tayyor bulyonga kartoshka solib, yana 15 daqiqa qaynating.
- Qolgan sabzavotlarni soling.
- Maydalangan ko‘katlar va sarimsoq qo‘shing.
- Olovni o‘chiring va 15 daqiqaga qopqog‘ini yopib qo‘ying.
Yoqimli ishtaha!