Rossiya poytaxti Moskvaning shimoli-g‘arbidagi fitnes-klublardan birida Albert Rijiy nomi bilan tanilgan “qonundagi o‘g‘ri” Ali Geydarovni otib ketishdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “Novosti Kirgizistana”

Moskva tergov qo‘mitasi qotillik sodir etilganini tasdiqladi, lekin o‘q uzilgan odamning shaxsiga rasman aniqlik kiritmadi. “Noma’lum shaxs jabrlanuvchiga o‘qotar quroldan bir necha marta o‘q uzgan, oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi”, — deb ma’lumot berdi qo‘mita  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

O‘q uzgan shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Qotillik va noqonuniy qurol savdosi bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qotillik videoga olingan. Videoyozuvda qotilning velotrenajyorda shug‘ullanayotgan Gaydarovning orqasidan o‘q uzganini, shundan so‘ng unga yaqinroq kelib, bu ishini yana bir marta takrorlaganini va o‘zi bilan qizil sumkani olib, voqea joyidan chiqib ketganini, shuningdek, fitnes-klubdagi boshqa mijozlarning ham qotillik joyidan qochayotganini ko‘rish mumkin.

Geydarov o‘zining jinoiy faoliyatini 1990-yillarning o‘rtalarida Arxangelsk viloyatida boshlagan. Keyinchalik “qonundagi o‘g‘ri” Aslan Usoyan (Ded Hasan)ning jinoiy to‘dasiga qo‘shilgan. 2013-yil Moskvada Usoyanning joniga qasd qilingan.

Geydarov 2016-yil o‘g‘rilikda ayblanib, ozodlikdan mahrum qilinib, 2020-yilda muddatidan oldin shartli ozodlikka chiqarilgan. Baza ma’lumotlariga ko‘ra, Geydarov muddatidan oldin shartli ozod qilingan birinchi “qonundagi o‘g‘ri” edi. Nashrning ta’kidlashicha, maxsus xizmatlar uni Rossiyadagi Ozarbayjon jinoiy to‘dalarining “nazoratchisi” lavozimiga tayyorlagan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq britaniyalik millioner, 83 yoshli Richard Leksington Sattonni Dorset grafligidagi Gillingem shahri yaqinida joylashgan shahar tashqarisidagi qasrida o‘ldirib ketishgani haqida xabar berildi.

От qwert.uz