Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi ayol qizining anomal qalin sochlarini namoyish etib, internet yulduziga aylandi, deb xabar beradi Daily Mail.

Foto: Reddit

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lotti Batchelor jingalak sochlari bilan tug‘ilgan va bir yil ichida uning uzunligi 25 santimetrga yetgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     “Tug‘ilganida uning sochlari juda ham qora va qalinligidan hayratga tushgan edim. Oydan oyga o‘sib borgan sochlar uzunligi hozirda uning beliga tushadi”, — deydi qizaloqning 28 yoshli onasi Emili Batchelor.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, har kuni tongda u qizining sochlarini tarashga 45 daqiqa sarflaydi. “Quritishni o‘ziga yarim soatga yaqin vaqt ketadi, yana 15 daqiqani jingalaklarni tekislashga sarflayman. Soch uchun mo‘ljallangan ko‘plab vositalardan foydalanaman, jumladan, konditsioner, antistatik damlama, oson tarash uchun emulsiya, to‘lqinsimon tolalar uchun sprey. Uning sochlarini parvarishlashda eng yaxshi mahsulotlardan foydalanamiz”, — deydi ayol.

Batchelorning qo‘shimcha qilishicha, Lotti uning sakkiz marotaba tushib qolgan farzandidan so‘ng tug‘ilgan. “Shifokorlar tabiiy usulda boshqa farzand ko‘ra olmasligimiz mumkinligini va sun’iy urug‘lantirish haqida aytgandi. Shu sababli Lottiga mustaqil homilador bo‘lganim, hayratlanarli. U bizning mitti mo‘jizamiz”, — deydi ayol.

Mart oyida anomal darajada qalin sochga ega qizaloq internetda mashhurlikka erishgan. Eyeswideblue niki ostidagi foydalanuvchi bolani butilka yordamida oziqlantirayotgani tasvirlangan videoni e’lon qilgandi. Kadrda qizaloqning qalin va qora sochlarini ko‘rish mumkin.

От qwert.uz