Turli sabablarga ko‘ra avtohalokatga uchragan va hayotdan ko‘z yumishiga bir baxya qolgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Arnold Shvarsenegger

Foto: Cosmopolitan

Mototsikl haydashni yaxshi ko‘radigan aktyor 2000-yilda avtohalokatga uchrab oltita qovurg‘asini sindirib olgan. 2006-yildagi baxtsiz hodisa vaqti esa o‘g‘li Patrik bilan ketayotgan bo‘lgan. Bu safar labi yirtilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Xelli Berri

Foto: Cosmopolitan

2000-yilda aktrisa qizil chiroqda yurib ketib qarshi tomondan kelayotgan ikkita mashina bilan urilgan. Haydovchilarning shikoyatiga qaramay, u spirtli ichimlik ham narkotik modda ham qabul qilmagan bo‘lgan.

Stivi Uander

Foto: Cosmopolitan

1973-yilda amakivachchasi oldindagi yuk mashinasiga borib urilgan ichida xonanda bo‘lgan. Boshidan jarohatlangan Stivi ma’lum muddatga hid bilish qobiliyatini yo‘qotgan.

Helen Xant

Foto: Cosmopolitan

2019-yil 16-oktabrda aktrisa ichida bo‘lgan mashina yo‘lda ag‘darilib ketgan. Helen yengil jarohat olgan mazkur halokatda aybdorlar bo‘lmagan.

Keytlin Jenner

Foto: Cosmopolitan

2015-yilda Keytlinning mashinasi qarshi tomonga chiqib ketgan va haydovchisi halok bo‘lgan mashinaga borib urilgan.

Kanye Uest

Foto: Cosmopolitan

2002-yil avtomobilda uxlab qolgan Kimning sobiq turmush o‘rtog‘i, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan mashinaga borib urilgan. U qo‘lini, boshqa haydovchi esa ikkala oyog‘ini sindirib olgan.

Morgan Frimen

Foto: Cosmopolitan

Aktyor 2008-yil Missisipi shtatida halokatga uchragan. Qattiq jarohatlangan Morgani mashina ichidan chiqarib olingan.

Tayger Vuds

Foto: Cosmopolitan

2021-yilning 23-fevralida mashhur golf o‘yinchisi mashina boshqaruvini yo‘qotgan va daraxtga urilib ag‘darilgan. Oyog‘ini sindirib olgan sportchining oyoqqa turishiga uzoq vaqt ketgan. U yo‘lga chiqishdan avval og‘riq qoldiruvchilardan tayyorlangan “kokteyl” iste’mol qilgan bo‘lgan.

От qwert.uz