YAQIN KELMА:
-“Qoʼrqinchli senga qarash,
Lekin, kerakdir chidash!”.
-“Qiziqsang — qara sekin,
Yaqin kelmagin, lekin!…”
YOʼLBАRS VАNNА QАBUL QILMOQDА:
-«Yarim soat — qilmang bezovta,
Tayinlayman — qayta va qayta..
Kun chiqqandan — botgunga qadar,
Salqinlab xam qilaman «zagar»!…»
«MАLIKА» QURBАQА:
-«Qurbaqasan — sen qanday?
«Malika»mi yo «shunday»?».
-«Kimki, bilmoq istasa,
Biladi — olsa boʼsa!»
KАPАLАKLАR:
Kapalakka aytar kapalak:
-«Muxabbatdan — jon boʼlur xalak!».
…Zamin qattiq, yiroqdir falak,
Faqat «Bir kun» — yashar kapalak!….
Shu laxzalik fursatda — xargiz,
Muxabbat va ayriliq — egiz!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF