Nyu-Yorkda shtat apellyatsion sudi Xeppi laqabli urg‘ochi filning o‘zi yashayotgan Bronks hayvonot bog‘iga qarshi yo‘naltirgan da’vosini qabul qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Nonhuman Rights Project

Ta’kidlanishicha, Nonhuman Rights Project tashkiloti Xeppining nomidan yo‘llagan yashash sharoitining yomonligi to‘g‘risidagi shikoyatida uni qo‘riqxonaga ko‘chirishni talab qilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Sud instansiyasi bu kabi da’vodan hayratga tushgan, chunki bu da’vogar inson bo‘lmagan birinchi holat hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fil 1971-yilda ozodlikda dunyoga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, u Tailandda tug‘ilgan. O‘z vaqtida u oltita fil bilan birga AQShga olib kelingan va ularga “Oppog‘oy” ertagidagi gnomlarning ismi berilgan.

Keyinroq 1977-yilda Xeppini 800 dollar evaziga Bronks hayvonot bog‘i sotib olgan, qolgan fillar esa boshqa joyga ko‘chirilgan. Mana 20 yildan buyon fil yolg‘izlikda yashamoqda. Hayvon himoyachilari fillar “ijtimoiy hayvonlar” eganligini ta’kidlab, ushbu muammoga alohida e’tibor qaratmoqda.

Foto: Nonhuman Rights Project

Tashkilotdagilarning ta’kidlashicha, urg‘ochi fil butun vaqtini kichkina qafasda o‘tkazadi va hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilarni ko‘rmaydi. Rahbariyat esa ushbu gaplarni rad etmoqda.

Da’vo arizasi 2018-yilda AQShdagi 20 ta sudga taqdim etilgan. Biroq birorta sud instansiyasini uni ko‘rib chiqmagan.

Bundan tashqari, filni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan petitsiya yaratilgan bo‘lib, hozirda unga 1,5 millionga yaqin odam imzo chekkan.

Avvalroq Pokistondan Kambodjaga yuborilganidan so‘ng “dunyodagi eng yolg‘iz fil” deya atalgan Kaavan o‘ziga juft topgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz