DOʼSTIM, QOʼLNI BER MENGА:
-«Doʼstim, qoʼlni ber menga!»
-«Qoʼl — nega kerak senga?»
-«Jismoniy tarbiyani,
Qoyillatayin — qani!»
-«Fitnes-klub — xar yoqda,
Senga — zarurat yoʼq-da!…»
XАYRON BOʼLАMАN:
-«Bizga shu xam kam edi,
Xayron boʼlaman endi.
Mushuk keltirib — yana,
Beshta boʼldik — biz mana!…»
QULFNАY — RАKETА:
-«Raketaga oʼxshar qulfnay,
Xaqiqatmi, qani bir sinay?».
-«Yaralmagay, xech narsa bejiz,
Xar bir narsa — qoldiradi iz!…»
SEM-SEM, OCHILGIN ! :
-«Yaxshi niyat bilan keldim, «Sem-Sem» — ochilgin,
Menga boylik kerak emas, sen shuni bilgin!
Xazinadan qaeri kam — qoshu-koʼzimni,
Oʼgʼirlashar deb qoʼrqaman — shunga oʼzimni!….»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF