SАMIMIY QАRАSH:

-«Qarashlari samimiy — goʼzal,
Chiroyiga — bitilgan gʼazal!

Bunday oʼtli nigoxdan keyin,
Qilbing — asir boʼlishi tayin!…»

АSRАGАN DURUST!:

-«Mayli deyman, «osh boʼlsin» yesang,
Bordi-yu, sen yorilib ketsang,

Seni yoddan chiqarmaymiz, rost,
Biroq, oʼzni asragan — durust!…»

ORZU QIL:

-«Xayot — umrning naqshi,
Yaxshi yashamoq — yaxshi,

Yaxshi yashashda, ammo,
Bordir, bitta muammo.

Bu shundan berar darak,
Yaxshi ishlamoq kerak.

Аgar, boʼlsang dangasa,
Orzu qilgin, boʼlmasa!…»

BITTА SOʼZDАN:

-«Boʼrondan — kuchli odam,
Poʼlatdan xam mustaxkam.

…Lekin, gox bitta soʼzdan,
Batamom — chiqar izdan!…»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz