TikTok’da @JuliDin ismli foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan qisqa rolik internet-foydalanuvchilari orasida juda ommalashib ketdi. Ikki kun ichida u TikTok’da 1 millionga yaqin layk va 10 mingdan ortiq izoh to‘plagan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Kadr: TikTok

Video mashinadan turib olingan. Rolik muallifi svetoforda o‘z signali yonishini kutib turgan vaqtda qarshisidagi manzarani tasvirga olgan. Tasvirdagi holatda oq kemalari suzib yurgan dengiz yoki okeanni ko‘rish mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ma’lum bo‘lishicha u yerda hech qanday suv yo‘q. “Bolalar bu okean emas ekan. Bu IKEA. Men qo‘rqib ketayapman”, — deb yozadi Juli Din. Foydalanuvchilar ham uni qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z ko‘zlariga ishonmayotganliklarini ma’lum qilgan.

Avvalroq Reddit ijtimoiy tarmog‘ida @MK24ever niki ostidagi foydalanuvchi tomonidan e’lon qilingan qizning surati virus kabi tarqalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz