Jazoirda qum bo‘roni sodir bo‘ldi, shiddatli shamol ko‘p miqdordagi chang va qumni havoga ko‘tardi, deb yozmoqda The Watchers.

Foto: Skrinshot

Fotograf Karim Bushetatning ta’kidlashicha, bo‘ron 23-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:45 da boshlandi va Naama provinsiyasining Ayn-Sefra munitsipaliteti osmoni qizil tusga kirib, ko‘rish imkoniyatini cheklab qo‘ydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Uning so‘zlariga kora, kuchli chang bo‘roni, taxminan, bir soat davom etdi.

Avvalroq Hindistonning g‘arbidagi Tauktaye sikloni oqibatida yuzdan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berildi. Mumbay sohillarida joylashgan, bortida 261 kishi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi. Hindiston floti 37 kishining halok bo‘lganini, 38 kishining bedarak yo‘qolganini, qolganlar esa qutqarib olinganini tasdiqladi.

Xitoyning shimolidan ham bo‘ron olib kelgan qum zarralari bilan ifloslanish oqibatida Pekin shahrining osmoni sariq tusga kirdi. Ta’kidlanishicha, havodagi qum miqdori o‘tgan oyda Xitoyning shimolida sodir bo‘lgan ikkita qum bo‘roniga qaraganda kamroq, lekin shamol tezligi yuqoriroq bo‘ldi.

От qwert.uz