Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlarini e’lon qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

2021-yil 2-iyun holatiga ko‘ra:

  • suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000—68 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 48 000—78 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kilogramm) — 1 500—7000 so‘m;
  • piyoz (1 kilogramm) — 800—2500 so‘m;
  • sabzi (1 kilogramm) — 2500—7000 so‘m;
  • tuxum (10 dona) — 6000—14 000 so‘m;
  • guruch (1 kilogramm) — 5000—18 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000—24 000 so‘m;
  • shakar (1 kilogramm) — 7000—9000 so‘m.

Bundan avval O‘zbekistonda 2021-yil boshidan buyon inflyatsiya to‘rtinchi bor 1 foizdan oshmagani, O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida paxta yog‘i ko‘tarilib, benzin narxi tushgani hamda O‘zbekistonda “palov indeksi” e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz