“2021-yil 9-avgust kuni kechqurun xonanda MakSim oddiy palataga o‘tkazildi”, – deydi uning menejeri Margarita Sokolova Instagram’da. Bu haqda Esquire xabar bermoqda.

Foto: “RBK”

“Shifokorlar uyga qaytish sanasi haqida aniq izoh bermadi, lekin bu uzoq davom etmaydi. Ularning aytishicha, bunday muvaffaqiyatli natija kam uchraydigan noyob holat. Albatta, hali ham tiklanish uzoq vaqt talab etadi. Quvvatni to‘ldirish kerak, energiya yetarli emas, lekin u yura oladi, ovqatlanadi, muloqot qila oladi”, – deb yozadi Sokolova  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Xonandaning o‘zi kasalxonaga yotqizilganidan beri Instagram’da birinchi postini e’lon qildi va asta-sekin tuzalayotgani haqida izoh berdi. “Shifokorlar, taxminan, qancha vaqt komada bo‘lganimni so‘rashganda, men 2 kun bo‘lsa kerak, deb javob berdim. Lekin bir oydan ko‘proq vaqt shifoxonada bo‘lganimga ishonolmadim”, – deydi MakSim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar unga uchishni va konsertlarda qatnashishni taqiqlagan, chunki bu uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. MakSim qattiq bosh aylanishi tufayli hali ham o‘zi yura olmasligini tan oldi, lekin iloji boricha tezroq uyga qaytishni va oilasini bag‘riga bosishni orzu qilmoqda.

“O‘pka hali ham tiklanmoqda, uni zo‘riqtirish mumkin emas. Ammo men hammangizga, shifokorlarga va Xudoga minnatdorlik bildiraman, qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, yer yuzida yashashni davom ettirganim uchun”, – deydi qo‘shiqchi.

Xonanda va uning menejeri MakSim davolanayotgan 52-shifoxona tibbiy xodimlariga ham minnatdorlik bildirdi. Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 15-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan. Birozdan so‘ng koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonandaning holati yaxshilana boshlagan. Shundan so‘ng MakSim unga dalda bo‘lgan muxlislariga salom yo‘llagan.

От qwert.uz