Mahoratli aktyor Burak O‘zchivit va Fahriye Evjan yashaydigan villa xavf ostida qolgan, deb yozadi “RusTurkey.com”.

Foto: “Karavan”

Xaberturk jurnalisti Onur Aydin tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, rafiqasi Fahriye Evjan bilan birgalikda Bodrumdagi ta’tildan Istanbulga qaytgan aktyor Gumushlukdagi uyi atrofida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgani haqida qayg‘uli xabar olgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ma’lumki, bu hududdagi o‘t o‘chiruvchilar Gumushlukka yong‘in o‘tmasligi uchun qo‘ldan kelgan hammasini qilgan. Brigadalar qurilish texnikasi bilan olovdan yo‘llarni to‘sguniga qadar odamlar chelaklar bilan o‘rmonga suv tashigan.

Burak O‘zchivit Onur Aydinga telefon orqali bergan intervyusida yong‘in haqidagi xabar uni biroz ranjitgani, lekin barcha voqealardan xabardor bo‘lib turgani haqida aytib o‘tgan. Chunki uning villasi menejeri har soatda tafsilotlar bilan tanishtirmoqda. Ayni paytda taniqli aktyorning uyi xavf ostida emas, ammo mutaxassislar takroriy yong‘inlarni istisno qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Burak Ozchivit ta‘tildan so‘ng “Hukmdor Usmon” loyihasining davomida ishlay boshlagan. Uning rafiqasi Fahriye Evjen esa 4 yillik tanaffusdan so‘ng “Alp Arslan ” tarixiy loyihasi bilan ekranlarga qaytgan.

От qwert.uz