Turk seriallari yildan yilga ommalashib bormoqda va bu, albatta, aktyorlar daromadiga ham  o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Kutilganidek, turk aktyorlari ichida Burak O‘zchivit gonarar miqdori bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Serialning har bir qismi uchun aktyor 250 ming turk lirasi yoki salkam 29 ming dollar ishlab topadi. Shunday qilib, yulduzning oylik daromadi bir million liradan oshadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Getty Images

Burak hozirda eng mashhur turk aktyori hisoblanadi. Uning ishtirokidagi seriallar barcha rekordlarni yangilagan. Millionlab muxlislar yulduzning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga obuna bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Halit Ergench ham bu borada O‘zchivitdan qolishmaydi. “Muhtasham yuz yil” serialida Sulton Sulaymon obrazini ijro etgan aktyor serialdagi har bir epizodi uchun 250 ming liraga yaqin gonarar olgan. Ammo uning ishi yosh hamkasbiga qaraganda biroz kamroq, shu sababli ham yillik daromadi O‘zchivitnikiga yetmaydi.

Foto: Getty Images

Yuqoridagi aktyorlardan keyingi o‘rinni Kivanch Tatlitug‘ egalladi. Uning standart gonorari — har bir epizod uchun 200 ming lira (23 ming dollar)ni tashkil qiladi. Kenan Imirzali o‘g‘li ham shuncha miqdorda gonarar oladi.

Ammo ayollarga beriladigan pul erkaklarnikiga qaraganda ancha past. Yetakchilar orasida Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye Evjen ham bor. Aktrisa har bir epizod uchun, taxminan, 150 ming lira oladi (16 ming dollar). Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin hozirda turk shou-biznesining eng muvaffaqiyatli va badavlat juftligi hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Beren Soat, Serenay Sarikaya va Jansu Dere ham deyarli shuncha haq oladi. Aynan mana shu aktrisalarga hozir Turkiyada talab katta, shuning uchun ular o‘z ishlari uchun ko‘proq gonarar talab qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mahalliy teleseriallar o‘rtacha olganda 100 qismdan iborat bo‘ladi. Faqat bitta loyihaning o‘zigina yulduzga yaxshigina daromad olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, turk shou-biznesida kuchli raqobat bo‘lishini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Katta muxlislar armiyasi bilan maqtana olmaydigan boshqa aktyor va aktrisalar esa 10 ming liradan kam haq oladi.

От qwert.uz