Har qanday insonning taom tayyorlashga bo‘lgan ishtiyoqini oshiruvchi filmlar (foto)

Shunday filmlar borki, uni tomosha qilgandan so‘ng odamda, albatta, qandaydir taom tayyorlash istagi uyg‘onadi. Chunki taom tayyorlashda ham ilhom kerak va u haqiqatan ham mavjud. Ishonmasangiz, quyida keltirilgan filmlarni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

“Juli va Juliya: baxtni retsept bo‘yicha tayyorlaymiz”

Foto: Cosmopolitan

Julining Call-markazdagi og‘ir ishi, pazandachilik blogi va uni qo‘llab-quvvatlovchi turmush o‘rtog‘i bor. U, shuningdek, o‘z oldiga maqsad qo‘yadi: yil davomida Juliya Chayldning mashhur “Fransuz oshxonasi san’atini o‘zlashtirish” kitobidan 524 ta taom tayyorlash. Juli oshpazlik qilar ekan, uning o‘quvchilari soni oshadi va blog “hamma narsaga” aylanadi.

“Aravadagi oshpaz”

Foto: Cosmopolitan

Oshpaz Karla Kasper Los-Anjelesdagi mashhur restorandagi ishidan ayriladi, lekin tushkunlikka tushmaydi. U korporativ rejimga o‘tish o‘rniga g‘ildirakli oshxona ochadi. Ushbu yangilik odamlarga manzur bo‘ladi, Karlaning ham ishlari o‘z o‘rniga tushadi.

“Ratatuy”

Foto: Cosmopolitan

Ushbu multfilmda oshpaz bo‘lishni orzu qilgan jasur kalamush Remi haqida hikoya qilinadi. U oshpazlik bilan shug‘ullanadi, lekin oilasi uni tushunmaydi. Remi esa maqsadi yo‘lida davom etadi. U farrosh Lingvinining qalpog‘i ostiga yashirinib, uni haqiqiy gastronom yulduzga aylantiradi. Ammo ikkisini ham oldinda bir qancha sinovlar kutib turadi.

“Hayot ta’mi”

Foto: Cosmopolitan

Ish, ish va yana ishga ishtiyoqli professional oshpaz Keyt Armstrong haqidagi romantik komediya. Ammo jiyani bilan ro‘y bergan dahshatli fojiyadan so‘ng Keyt bolani o‘z sharoitiga moslashtirishi kerak. Shuningdek, restoranda yangi oshpaz, kelishgan va o‘ziga ishongan Nik Palmer bor, Keyt u bilan munosabatlarini bog‘lamoqchi. Ketrin Zeta-Jons va Aaron Ekxartning ishtirokidagi ajoyib film.

“Ziravorlar va ehtiroslar”

Foto: Cosmopolitan

Taom tayyorlashda qonunlarning yo‘qligi va dunyodagi  barcha xalqlarning oshxonalari o‘ziga xos tarzda go‘zalligi haqida ajoyib hikoya. Hind muhojirlari oilasi Provansda sharq taomlari oshxonasini ochadi. U fransuz oshpazlik an’analarining poydevori bo‘lgan hamda “Mishlen” yulduzi bilan taqdirlangan mashhur restoranining qarshisida. Ikki taomlanish markazi orasidagi kelishmovchiliklar film sujetini tashkil etadi.

“Oshpaz Adam Jons”

Foto: Cosmopolitan

Ushbu filmni och qoringa tomosha qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu yerda doimiy ravishda biror mazali taom tayyorlanadi! Hikoya oddiy, iste’dodli oshpaz qasos olish uchun marralarni yengib o‘tishi kerak. Baxtli yakun hatto tajribasiz tomoshabin uchun ham aniq, lekin bu ko‘rish zavqini inkor etmaydi.

“Italiyaga sayohat”

Foto: Cosmopolitan

2010-yildagi “Sayohat” filmining o‘ziga xos davomi. Stiv Kugan va Rob Braydon The Observer buyurtmasiga binoan mamlakatni aylanib chiqishmoqda, lekin Shimoliy Angliyada emas, Italiyada. Rejissor Uinterbottom sahnasini o‘zgartirib, film mohiyatini saqlab qolgan: ikki komediyachi Italiyaning bir mintaqasidan boshqasiga ko‘chib o‘tib, go‘zal manzaralar, mazali taomlardan zavqlanadi.

“Tushlik qutisi”

Foto: Cosmopolitan

Tushlik noto‘g‘ri yetkazilganligi sababli yosh uy bekasi tushlik qutisida qoldirgan yozuvlari orqali boshqa inson bilan yozisha boshlaydi. Bollivud filmlaridan tamoman farq qiladigan hind dramasi Bombeyning oddiy aholisi va go‘zal sevgi haqida hikoya qiladi.