Buyuk aktyor va aktrisalar uchun ijod – hayot demakdir. Shuning uchun ular oxirigacha suratga tushishga qaror qildi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Entoni Xopkins, 83 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Entoni Xopkins bu yil “Ota” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Filmda ota Londonda yolg‘iz yashaydi, qahramonning ham ismi Entoni. Lekin qizi uning yolg‘izligidan xavotirda, chunki u yaqinda ko‘chib ketmoqchi. Qaysar ota esa hech qaysi hamshiraga rozi emas. Aslida Entonining ahvoli yomonlashib bormoqda, bu asta-sekin uni aqlidan mahrum etuvchi progressiv demensiya bilan bog‘liq. Ota rolini ijro etgan buyuk aktyorning rejalarida yana ko‘plab rol va loyihalar mavjud.

Judi Dench, 86 yoshda

Foto: Cosmopolitan

“Oskar”, ikkita “Oltin globus” va bir nechta Britaniya mukofotlari sovrindori Judi Dench 2021-yilning dekabr oyida 87 yoshga to‘ladi. Lekin eng takabbur jurnalistlar ham uning karyerasini tugatishi haqida so‘rashga botinolmaydi. Judi esa o‘z faoliyatini tugatish haqida o‘ylamaydi. Hatto ko‘rish qobiliyatining pasaygani ham uni bezovta qilmaydi – aktrisa bir necha yildan buyon hech narsani ko‘rmay qolgan. Unga ssenariylar o‘qib beriladi va filmlarni tomosha qilayotganda ko‘proq tinglashga harakat qiladi.

Jeyn Fonda, 81 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Ikkita “Oskar” g‘olibasi Jeyn filmlar va teleshoularda faol ishtirok etishda davom etmoqda. 2017-yilda u Venetsiyada “Bizning ruhimiz tunda” filmini taqdim etdi, u yerda Robert Redford bilan yana bir juftlikni o‘ynadi. Jeynni ham hali oldinda bir necha loyihalar kutmoqda.

Meggi Smit, 84 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Dame Margaret Natali Smit Britaniyaning eng mashhur aktrisalaridan biri. Yetti marta BAFTA, ikkita “Oskar”, to‘rtta “Emmi” mukofoti sovrindori. Meggi “Daunton abbatligi”da Vayolet Krouli rolini mohirona ijro etdi. Ushbu obrazda undan boshqa odamni tasavvur qilish qiyin. Shuningdek, uning barcha rollariga shunday ta’rif berish mumkin.

Donald Sazerlend, 86 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Donald Sazerlend 86 yoshda. Dastlab u muhandis bo‘lmoqchi edi, lekin uning teatrga bo‘lgan muhabbati ustun keldi va Qirollik san’at akademiyasiga o‘qishga kirdi. Uning karyerasidagi birinchi rollari qo‘rqinchli film qahramonlari edi, lekin “Harbiy dala kasalxonasi” filmi chiqqanidan keyin hammasi o‘zgardi. Uning ko‘plab rollarga qaramay, filmografiyasida bitta ham “Oskar” yo‘q. 2020-yil Donald “Ortga qaytar” filmida rol o‘ynadi, 2022-yilda esa uni Roland Emmerichning “Oyning qulashi” filmida kutib qolamiz.

Klint Istvud, 91 yosh

Foto: Cosmopolitan

“Bu hayotda biror narsaga erishish uchun sizga ko‘p vaqt berilmasligini esdan chiqarmasligingiz kerak”, – deydi aktyor intervyusida. Lekin unga yetarli vaqt berilgan: aktyor va rejissor allaqachon 91 yoshda. Shuningdek, u ijod qilishda davom etmoqda. Tez orada uning yangi “Erkaklarning ko‘z yoshlari” filmi kinoteatrda va HBO Max platformasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Maykl Keyn, 88 yosh

Foto: Cosmopolitan

Maykl Keyn hozir 88 yoshda. U kino sanoatiga 1946-yilda — 13 yoshida kirib kelgan. Ammo keyin tanaffus qildi, 23 yoshida Maykl aktyorlikka qaytdi va kasbini hanuzgacha tashlamadi. Mashhurlik unga 1966-yilda “Elfi”dagi Don Juan roli bilan birga kelgan. Ammo u bosh rollarni ulug‘vor yoshida o‘ynagan. Tez orada “Bestseller” filmi chiqadi, u yerda Maykl uzoq vaqt karyerasiga tupurgan qari yozuvchi rolini o‘ynagan.

Ien Makkellen, 82 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Makkellen Shekspir repertuarining ustasi sifatida tan olindi, shundan so‘ng u katta budjetli xalqaro kinofilmlarda ishtiroki tufayli butun dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. Ayniqsa, uning “Uzuklar hukmdori” filmidagi rolini tomoshabinlar juda yaxshi eslaydi.

Betti Uayt, 99 yosh

Foto: Cosmopolitan

Bunga ishonish qiyin, lekin Betti 99 yoshda! Uning lug‘atida “nafaqa” so‘zi yo‘q. 2012-yilda Betti Uayt shaxsiy teleko‘rsatuvini o‘tkaza boshladi va bundan oldin u 70 yildan ko‘proq vaqt filmlarda suratga tushgan. Bularning barchasi 1950-yillarda “Yelizaveta bilan hayot” sitkomidagi roldan boshlandi, keyin suratga olish va telestudiyalarda tinimsiz ijod qildi. U rol o‘ynadi, ovoz berdi va komediyalar ijro etdi. U eng keksa “Emmi” nomzodi sifatida tan olingan va odamlar uni “kinoning buvisi” deb atashadi. U so‘nggi paytlarda suratga tushmagan bo‘lsa-da, multfilmlarga ovoz bermoqda.

Morgan Frimen, 84 yoshda

Foto: Cosmopolitan

Morgan Frimen 84 yoshda. Frimen debyutini 8 yoshida maktabda o‘ynagan, lekin keyin o‘qish o‘rniga armiyada mexanik bo‘lib xizmat qildi va 60-yillarning boshlarida Los-Anjelesga ko‘chib o‘tdi. U kinoga boshqalarga nisbatan kechroq kelgan. 1970-yillarda Friman Amerika televideniyesida shuhrat qozongan va muvaffaqiyatli “Elektr kompaniyasi” serialida o‘ynagan. O‘tgan yili Morgan “Qotil xotinining qo‘riqchisi” deb nomlangan  filmida rol o‘ynadi va yaqin kelajakda u bilan bir nechta yangi loyihalar kutilmoqda.

От qwert.uz