“Xalqlar do‘stligi” saroyida “Million” kulgi jamoasi 1—10-noyabr kunlari yangi konsert dasturini taqdim etadi.

Foto: “Daryo”

Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga “Million” jamoasi sardori Davron Kabulov ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

1—10-noyabr kunlari yangi konsert dasturini taqdim etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Lekin buni hali e’lon qilmay turgan edik. Chunki “Millionavirus” deb nomlangan konsert dasturimiz disklari hali chiqmadi.

“O‘tgan konsertning diski chiqmasdan, yangi konsertingizni e’lon qilyapsizmi?”, deyishmasin dedik. Lekin “Millionavirus” diski ham deyarli tayyor. Xudo xohlasa, 5—10-oktabr oralig‘ida muxlislarga taqdim etamiz.

Bundan tashqari, 26-noyabrdan 2-dekabrgacha qoldirilgan “7 yulduz” konsert dasturini ham taqdim etamiz.

Davron Kabulov, “Million” jamoasi sardori, shoumen

Ma’lumot uchun, “7 yulduz” shou konsertida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Shohruhxon, Shohruh reper kabi xonandalarning chiqishi ma’lum qilingan bo‘lib, qolgan ikki san’atkorning kimligi sirligicha qolgan edi. Davron Kabulov “Million”ning o‘tgan yilgi qoldirilgan konserti va “7 yulduz”ning qoldirilishi oqibatida 500 million so‘mdan ortiq zarar ko‘rgani haqida gapirgan edi.

От qwert.uz