Turk kinosanoatining eng muvaffaqiyatli vakillaridan hisoblangan Nurgul Yeshilchay va Emre Kinay yangi loyihada birga suratga tushish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Hurriyet

Muxlislar Emre va Nurgulni “Kim bu oila?” serialida birga suratga tushadi. Yangi loyiha haqida ma’lumot ko‘p emas, jamoaning suratga olish maydonchasida ekani haqidagi yangilik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganiga ko‘p bo‘lmagan. Aktrisa mazkur serialda yangicha obrazda namoyon bo‘ladi. Uni hamisha qora sochlar bilan ko‘rgan tomoshabinlarga bu safar u malla sochlar bilan ko‘rinish beradi. Yeshilchay Instagram sahifasiga yangi ko‘rinishi aks etgan suratni joylab, serialning suratga olish ishlari haqida ilk marta e’lon qilgan.

“Erdal”, “Layli va majnun” seriallarida rol ijro qilgan Jengiz Bozkurt serialda Adem ismli qahramonni gavdalantiradi. Nurgul loyihada Menekshe ismli ayol rolini o‘ynashiga qaramay, Emre Kinayning qahramoni haqida ma’lumot bo‘lmagan. “Kim bu oila?” seriali Turkiyaning Fox TV kanali orqali namoyish qilinadi.

Ma’lumot uchun, karyerasini “Ikkinchi bahor” serialidagi ishtirok bilan boshlagan Nurgul Yeshilchay o‘zbek muxlislariga “Ishkomli uy”, “Kelin” seriali orqali yaxshi ma’lum. Ilk marta “Ilon hikoyasi”da ko‘rinish bergan Emre Kinay esa tomoshabinlarga “Gunesh qizlari” va “Ramo” singari seriallardagi ijrosi bilan tanish.

От qwert.uz