15 daqiqada tayyor bo‘ladigan mazali yegulik bilan dasturxoningizni bezang.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sosiska — 3-4 dona;
  • shivit;
  • pishloq — 100-120 g;
  • tuxum — 1 dona;
  • mayonez — 1 osh qoshiq;
  • ketchup — 1 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 qoshiq;
  • non (baton) — 8-1o bo‘lak.

Tayyorlanish jarayoni

  • Sosiskalar va shivitni mayda qilib to‘g‘rang.
  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring.
  • Chaqilgan tuxumga mayonez va ketchup qo‘shib, sanchqi yordamida aralashtiring.
  • To‘g‘ralgan mahsulotlarni qo‘shib aralashtiring.
  • O‘simlik yog‘i surtilgan idishga aralashmaga botirib olingan non bo‘laklarini terib chiqing.
  • 200 daraja qizigan pechda 10 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz