Ushbu zapekanka nafaqat mazali, balki salomatlik uchun ham foydalidir.
— Manba: «Daryo» nashri.
Foto: Getty Images
Kerakli mahsulotlar:
- tvorog – 500 gramm;
- shakar – 120 gramm;
- tuxum – 3 dona;
- manniy yormasi – 5 osh qoshiq;
- smetana – 5 osh qoshiq;
- vanil – 1 osh qoshiq;
- turshak – 100 gramm;
- yog‘.
Tayyorlanish jarayoni:
Turshaklar yuviladi va 5 daqiqaga suvda qoldiriladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Tuxum va shakar yaxshilab ko‘pirtiriladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Aralashmaga yog‘ va manniy yormasi qo‘shiladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Turshaklar to‘rtga bo‘linadi va qolipning tag qismiga qo‘yiladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Tuxumli aralashmaga qolgan masalliqlar qo‘shiladi va yaxshilab aralashtirilib, turshak ustidan quyiladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
180 daraja pechda 40 daqiqa davomida pishiriladi.
Foto: “Hi-chef.ru”
Yoqimli ishtaha!