Xamiri yumshoq va o‘ta nozik ta’mga ega limonli keks retsepti bekajonlar uchun ma’qul kelishi shubhasiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  1. sariyog‘ – 175 gramm;
  2. limon – 2 dona;
  3. un – 225 gramm;
  4. qabartma – 1 osh qoshiq;
  5. tuz – 1/2 choy qoshiq;
  6. shakar – 165 gramm;
  7. tuxum – 3 dona;
  8. mak – 2 osh qoshiq;
  9. sut – 180 m;
  10. shakar upasi – 120 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech avvaldan 180 darajada qizdiriladi. Pishiriq qolipiga sariyog‘ surtiladi.
  2. Limon po‘sti ehtiyotkorlik bilan qirg‘ichdan chiqariladi va oq qismi qoldirilib, sharbati siqib chiqariladi.
  3. Un elakdan o‘tkazilib, qabartma va tuz bilan aralashtiriladi.
  4. Shakar sariyog‘ bilan mikser qilinadi va tuxum birma-bir qo‘shiladi.
  5. Hosil bo‘lgan massaga limon po‘sti, 2 osh qoshiq sharbati va mak solinadi.
  6. Sut va unning yarmi qo‘shilib, hammasi yaxshilab aralashtiriladi.
  7. So‘ngra un va sutning qolgan qismi qo‘shilib, yumshioq xamr qoriladi.
  8. Xamir pishiriq qolipiga solinadi va 50-55 daqiqa davomida pishiriladi.
  9. 2 osh qoshiq sut, 1 osh qoshiq limon sharbati shakar upasi bilan ko‘piritirilib, keks yuzasiga quyiladi. Ta’bga ko‘ra mak sepish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz