Pishloq ta’mli qarsildoq non tayoqchalarini bolajonlar sevib iste’mol qilishi shubhasiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • pishloq – 100 gramm;
  • sariyog‘ – 100 gramm;
  • un – 120 gramm;
  • tuxum – 1 dona;
  • tuz va kunjut.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech avvaldan 170 darajada qizdiriladi.
  2. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, sariyog‘ katta bo‘laklarga bo‘linadi.
  3. Un, pishloq, sariyog‘, tuxum va tuz aralashtirilib, yumshoq xamir qoriladi.
  4. Xamir yupqa yoyilib, uzun lenta shaklida kesib chiqiladi va har bir xamir bo‘lagi rulet shaklida aylantiriladi.
  5. Hosil bo‘lgan tayoqchalar ustiga kunjut sepiladi.
  6. Pechda taxminan 20 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz