Behini nafaqat meva, balki mazali taom sifatida ham iste’mol qilish mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • behi – 10 dona;
  • limon – 1 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • ko‘k piyoz – 1 dona;
  • sabzi – 1 dona;
  • sarimsoq – 1 bosh;
  • pista – 50 gramm;
  • mayiz – 50 gramm;
  • zaytun yog‘i – 6 osh qoshiq;
  • qiyma – 400 gramm;
  • pishloq – 100 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Behining yuqori qismi kesib olinadi. 5-7 millimetr qalinlikda devori qoldirilib, ichi o‘yib olinadi.
  2. Limonning po‘sti olinib, sharbati siqib chiqariladi.
  3. Behi qopqoqlari bilan suvga solinadi va limon sharbati qo‘shib, qaynatiladi.
  4. 20-30 daqiqa davomida qaynatilib, so‘ngra sovitishga qo‘yiladi.
  5. Piyoz, ko‘k piyoz, sabzi behi mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Sarimsoq, pista va mayiz ham maydalanadi.
  6. Tovaga 2 osh qoshiq yog‘ quyib, sabzi, piyoz, behi va sarimsoq qovuriladi.
  7. Qizarib pishgach, qiyma qo‘shiladi va 5-7 daqiqa qovuriladi.
  8. Ustidan 50 ml suv quyilgach, pista, mayiz, limon qobig‘i, tuz va ziravorlar solinadi.
  9. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, qiymali aralashmaga qo‘shiladi.
  10. Behi ichiga tayyor bo‘lgan nachinka solinib, qopqoqlari yopiladi.
  11. 180 daraja pechda behilar folga qog‘oziga o‘rab 30 daqiqa, so‘ngra qog‘ozsiz yana yarim soat davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha! 

От qwert.uz