Ushbu noodatiy taom har qanday dasturxonga ko‘rk bag‘ishlaydi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • guruch – 140 gramm;
  • piyoz – 1-2 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • qiyma – 450 gramm;
  • dolchin – 2 osh qoshiq;
  • pomidor – 2-3 dona;
  • qovoq – 1 dona;
  • tuz va ziravorlar, ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Guruch qaynatib olinadi. Piyoz mayda to‘g‘ralib, yog‘da 5 daqiqa qovuriladi.
  2. Piyozning ustidan qiyma qo‘shiladi.
  3. Tuz va ziravorlar qo‘shib, 1 daqiqa qovuriladi.
  4. Ustidan guruch, to‘g‘ralgan pomidor va ko‘kat qo‘shiladi. 5 daqiqa davomida qovuriladi.
  5. Agar aralashma juda quruq bo‘lsa, ozgina suv qo‘shiladi.
  6. Qovoqning yuqori qismi kesib olinadi. O‘rtasidan urug‘lar va yumshoq qism olib tashlanadi. Ichiga go‘shtli aralashma solinadi.
  7. Qolipga folga qog‘ozi solinib, qovoqning kesilgan qopqog‘i yopiladi.
  8. Taxminan 2 soat davomida 160 daraja pechda pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz