Ratsionni qayta ko‘rib chiqish, zararli taomlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish salomatlikning garovi. Ko‘proq ko‘katlar, oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qilish, oddiy uglevodlardan tiyilish sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo bo‘lishini istamaydiganlar uchun muhim.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Harper’s Bazaar

Foydali mahsulotlar orasida rukkola alohida ahamiyatga ega. Tarkibida vitamin va mikroelementlar bisyor bo‘lgan ushbu mahsulot organizm uchun muhim. O‘ziga xos ta’mga ega rukkoladan salat va italyan oshxonasiga xos taomlar tayyorlashda foydalansa bo‘ladi. Qolaversa, u pishloq, go‘sht va dengiz mahsulotlari bilan ham yaxshi umumlashadi.

А, К, Е, С vitaminlari va B guruhi vitaminlari serob bo‘lgan rukkola, shuningdek, antioksidantlar, kletchatka, xlorofill, fosfor, temir, magniy, rux moddasi, kaliy va kalsiyning ham koni. Bundan tashqari, flavanoidlarni koni hisoblangan ko‘kat odam organizmni uchun foydaning koni. Immunitetni mustahkamlab, organizmni turli virusli kasalliklardan himoya qiladi. Shu bilan birga, rukkola hazm tizimini ham yaxshilaydi. Metabolizmni yaxshilaydi, ozishga hissa qo‘shadi. Rukkoladagi A vitamini, glyukozainatlar va sulforafanlar organizmda saraton hujayralari rivojlanishining oldini oladi. Ammo qandli diabet, gastritdan aziyat chekadigan bemorlarga ushbu mahsulotdan tiyilish tavsiya qilinadi.

От qwert.uz