Hatto eng sevimli mahsulotlar ham kuz—qish mavsumida dushmanga aylanishi mumkin. Quyida “qora ro‘yxat”ga kiritishga arziydigan mahsulotlar haqida bilib oling.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Sovuq mavsumda tana “energiya tejash” rejimini yoqadi, chunki yetarli miqdorda quyosh nuri va issiqlik hosil bo‘ladigan quvvat manbalari yo‘q. Oziq-ovqat mahsulotlari – birozgina isinib olish va yetarli miqdorda ozuqa moddalari bilan ta’minlashning eng maqbul usullaridan biridir. Ammo sovuq ob-havoda iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan mahsulotlar ham mavjud.

Fast-fud mahsulotlari

Kuz-qish mavsumida yuqori kaloriyali, ammo ozuqaviy qiymati past bo‘lgan ovqatlar haqiqiy dushmandir. Bunday oziq-ovqatning organizm uchun samaradorligi juda kam. Ularni iste’mol qilish orqali faqat kaloriya va foydali moddalarning minimal darajasiga ega bo‘lish mumkin, xolos.

Bu barcha tez tayyorlanadigan taomlar, yuqori darajada qayta ishlangan ovqatlar – chipslar, fransuz kartoshkasi, kolbasa mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu mahsulotlarni oddiyroq bo‘lsa-da, ammo to‘yimli kombinatsiyalar bilan almashtirish yaxshiroqdir.

Yaxna taomlar

Gazpacho, lavlagi, okroshka kabi yaxna taomlar ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi. Ular yoz uchun mo‘ljallangan, qishda esa bunday taomlardan voz kechgan yaxshi.

Mavsumiy bo‘lmagan mahsulotlar

Mavsumiy sabzavotlar va mevalarga ustunlik berish lozim. Qishda ular yangi muzlatilganlar bilan almashtirilishi mumkin. Misol uchun, sovuq mavsumda biz uchun yangi uzilgan ko‘katlarni topish qiyin, ammo muzlatilganlar foydali xususiyatlarini va ta’mini saqlab qoladi. Yoki oq va qizil karam, brokkoli, gulkaram va Bryussel karamlari muzlatilgan holda foydali xususiyatlarini mukammal darajada saqlaydi.

Shakarga boy ovqatlar

Bir qarashda, qishda shirinlik bilan to‘liq zavqlanish mumkindek tuyilishi mumkin, chunki yilning shu davrida tanaga qo‘shimcha energiya kerak. Ammo shuni tushunish kerakki, yuqori shakar miqdori immunitetni pasaytiradi. Shu sababli inson aslida o‘zi kasallik xavfiga duchor bo‘ladi.

Kuz va qishda, kerakli shirinlikni olish uchun meva va rezavor mevalarda ko‘proq iste’mol qilib, ratsionda qo‘shilgan shakar miqdorini kamaytirish yaxshiroq. Mevalar immunitet tizimiga viruslar hujumlarini yengishga yordam beradigan vitamin va antioksidantlarga boy.

Spirtli ichimliklar

Shuningdek, diyetada spirtli ichimliklarni o‘z ichiga olgan ichimliklar miqdorini kamaytirish kerak. Spirtli ichimliklarning o‘zi juda yuqori kaloriyaga ega. Bundan tashqari, u metabolizmni sekinlashtiradi va ochlik tuyg‘usini kuchaytiradi, buning fonida sovuq havoda ortiqcha ovqatlanish va  vazn olish xavfi tug‘iladi.

От qwert.uz