Odam organizmi qishda qaysi vitaminlarga ehtiyoj sezadi?

Odam organizmi, ayniqsa, sovuq kunlarda alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘ladi. Viruslar, shamollash va sovuq urishi fonida kuzatiladigan immunitetning susayishi turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda birinchi bo‘lib, tananing umumiy tonusi yo‘qoladi. Keyin esa shilliq to‘qimalar, teri, soch va suyaklarda muammo kuzatiladi. Bunday vaqtda qanday vitaminlarga ehtiyoj yuqori bo‘ladi. Bu savolga mutaxassisning javobini taqdim qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Harper’s Bazaar

C vitamini

Qishda ushbu vitaminni sitrus va quritilgan mevalar, mavsumga xos barra sabzavotlardan olsa bo‘ladi. Parhezshunoslar ayniqsa, tarkibida C vitamin bisyor bo‘lgan tuzlangan karamga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi.

D guruhi vitaminlari

Mutaxassislar, shuningdek, D guruhi vitaminlari muhim ekanini ta’kidlaydi. Ularni faqatgina quyosh nuri orqali qabul qilish mumkin deb o‘ylash xato. Salomatlik uchun muhim bo‘lgan D3-vitaminini qo‘shimcha ravishda qabul qilsa ham bo‘ladi.

Oqsil

Parhezshunoslar, qolaversa, ratsionda oqsilga boy bo‘lgan taomlar bisyor bo‘lishi, uglevodlarni esa qisqartirish kerakligini ta’kidlaydi. Shunda organizmga himoya funksiyasini faollashtirish va quyidagi vitaminlarni singishi oson bo‘ladi.