Parhezshunoslar tomonidan haqiqiy vitaminlarning koni ekani aytiladigan klyukvada antioksidant va kletchatkalar bisyor. Pektin, fenokislota, katexin, betain, makro va mikro elementlarning koni hisoblangan mazkur mevaning tarkibida B, РР, К1, С guruhi vitaminlaridan tashqari, kaliy, fosfor, temir, marganets, kalsiy, yod va rux moddasi ham limmo-lim. Yana qanday foydali xususiyatlari borligi haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle

Eng yaxshi antioksidantlardan biri

Zararli radikallarning oksidlovchi ta’sirini neytrallashtirgani sabab ham klyukva eng yaxshi antioksidantlardan sanaladi. Kundalik ratsiondan o‘rin olsa, kishi o‘zini yaxshi his qiladi.

Yallig‘lanishga qarshi samara beradi

Tarkibidagi fitonutriyentlar yallig‘lanishning oldini oladi, xalq tabobatida klyukvadan og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanishini davolashda foydalaniladi va siydik tizimidagi infeksiyalarga qarshi kurashishda samarali vosita hisoblanadi.

Foto: Elle

Immunitetni mustahkamlaydi

C va B vitaminining koni hisoblagani uchun sovuq mavsumda ushbu mahsulot ayni muddao hisoblanadi. Qolaversa, shamollash va grippga qarshi kurashishda ham yaxshi samara beradi.

Qon-tomirlar va jigarni tozalaydi

Antibakterial va virusga qarshi samara berish xususiyatiga ega ekani sabab, jigar, shuningdek, organizmni tozalaydi. Qon-tomir tizimiga ijobiy ta’sir qilib, xolesterin to‘planishi va tromb paydo bo‘lishining oldini oladi, qon aylanishini yaxshilaydi. Shu sabab ham boshqa mevalar qo‘shilmagan klyukvadan tayyorlangan tabiiy mors ichish tavsiya qilinadi. Qondagi qand miqdorini me’yor bo‘lishini ta’minlaydi. Tarkibida shakarning kam ekani klyukvani boshqa mevalardan ajratib turadi. Shuning hisobiga uning iste’molidan keyin qondagi qand miqdori ko‘payib ketmaydi. Undan tayyorlangan sous yog‘li taomlar uchun ayni muddao.

Foto: Elle

Hazm jarayonini yaxshilaydi

Vitaminga boy meva ishtahani yaxshilab, hazm jarayonini me’yorlashtiradi. Unda oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydigan kletchatkalar bisyor bo‘ladi. Vaznni me’yorda bo‘lishiga hissa qo‘shishdan tashqari, qorinni to‘q tutib, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.

Kaloriyasi kam ekani bilan o‘ziga xos

Uning bir siqimida atigi 50 kaloriya borligidan kelib chiqilsa, klyukvani parhez qilayotganlar uchun eng yaxshi mahsulot deb hisoblash mumkin. Shu sabab ham uni bo‘tqa, yogurt, smuzi va boshqa yeguliklarga qo‘shish tavsiya qilinadi.

От qwert.uz