Antiqa ta’mli sho‘rva nafaqat tushlik, balki kechki ovqat uchun ham ayni muddao.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq go‘shti — 800 g;
  • suv — 2 l;
  • zaytun — 50 g;
  • piyoz — 1 dona;
  • tuzlangan bodring — 1-2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • tomat pastasi — 2 osh qoshiq;
  • dudlangan kolbasa — 50 g;
  • sosiska — 100 g;
  • tuz, murch;
  • lavr yaprog‘i — 50 g;
  • limon;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni

  • Tovuq go‘shtini qaynatib bulyon tayyorlab oling.
  • Pishgan tovuq go‘shtini o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang.
  • Piyozni mayda kubik, bodringni esa somoncha shaklida to‘g‘rang.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada piyozni qovurib, ustiga tomat pastasi qo‘shing.
  • Tuzlangan bodring va 5-6 qoshiq bulyon qo‘shib 5 daqiqa dimlang.
  • Kolbasa va sosiskani kubik shaklida to‘g‘rang.
  • Bulyonga tovuq go‘shti, kolbasa, sosiska va zaytun solib yana 10 daqiqa qaynating.
  • Bodringni ham qo‘shing.
  • Dasturxonga tortishdan avval limon va ko‘katlar bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz