Yangi yil dasturxonidan an’anaviy tarzda olivye salati joy oladi. Albatta, ushbu salat barchaga birdek manzur keladi, ammo uning o‘rnini bosuvchi yana bir qancha mazali salatlar retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Baliq va qovoqli salat retsepti

Foto: Marie Claire

Ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lgan ushbu salat ta’m borasida ham boshqalardan qolishmaydi.

Kerakli mahsulotlar:

  • pishirilgan qovoq – 60 gramm;
  • xurmo – 40 gramm;
  • apelsin – 50 gramm;
  • rukkola – 40 gramm;
  • pishirilgan qizil baliq – 50 gramm;
  • limon, soya sousi, sarimsoq, zaytun moyi, zanjabil.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Apelsin va xurmo bo‘laklarga bo‘linib, rukkola bilan aralashtiriladi.
  2. Qovoq katta bo‘laklarga bo‘linib, ziravorlar bilan pechda 160-170 darajada 20 daqiqa davomida pishirib olinadi.
  3. Apelsin va xurmo aralashmasiga baliq qo‘shiladi.
  4. Ustidan zanjabil, sarimsoq, soya sousi va zaytun moyi qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
  5. Aralashma qovoqning ustiga solinadi va dasturxonga tortiladi.

Ko‘katli salat retsepti

Foto: Marie Claire

Vitaminlarga boy bo‘lgan ushbu salat diyetadagilar uchun ayni muddao.

Kerakli mahsulotlar:

  • turli xil ko‘kat barglari;
  • avokado – 60 garmm;
  • brokkoli – 60 gramm;
  • bodring – 50 gramm;
  • yashil olma – 40 gramm;
  • zanjabil sousi – 40 gramm;
  • urug‘lar aralashmasi.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Salat barglari yuviladi va quritiladi.
  2. Brokkoli 1 daqiqa davomida qaynatiladi va sovuq suvda chayib, to‘g‘raladi.
  3. Bodring va olma yirik shaklda to‘g‘raladi.
  4. So‘ngra hamma mahsulot aralashtiriladi, sous va ziravorlar qo‘shiladi.

Yoqimli ishtaha!

Shuba ostida seld balig‘i retsepti

Foto: Marie Claire

Ushbu salatda ikki xil baliq ta’mini ta’tib ko‘rish mumkin.

Kerakli mahsulotlar:

  • qaynatilgan lavlagi – 40 gramm;
  • qaynatilgan kartoshka – 40 gramm;
  • qaynatilgan sabzi – 30 gramm;
  • seld balig‘i – 40 gramm;
  • muzlatilgan muskun filesi – 25 gramm;
  • tuxum – 1 dona;
  • mayonez – 50 gramm;
  • xushbo‘y moy – 5 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Barcha qaynatilgan mahsulotlar qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  2. File yupqa parrak shaklida, seld esa to‘rtburchak qilib to‘g‘raladi.
  3. Masalliqlar dumaloq shaklda kartoshka, seld, sabzi, tuxum va lavlagi ketma-ketligida ustma-ust qo‘yiladi.
  4. Ustiga muskun filesining yupqa bo‘laklari joylashtiriladi. Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar sepilib, xushbo‘y yog‘ quyiladi.

Yoqimli ishtaha!

 Nok va strachatella pishlog‘i qo‘shib tayyorlanadigan salat retsepti

Foto: Marie Claire

Nok va pishloqning uyg‘unlikdagi yangi ta’midan bahramand bo‘ling.

Kerakli mahsulotlar:

  • ko‘kat barglari aralashmasi – 30 gramm;
  • nok – 30 gramm;
  • mol go‘shti – 15 gramm;
  • strachatella – 60 gramm;
  • balzam sirkasi – 0,5 choy qoshiq;
  • zaytun moyi – 1 osh qoshiq;
  • qovoq urug‘i – 7 gramm;
  • kunjut – 3 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Ko‘kat barglari aralashmasi idishga aylana solinadi.
  2. Nok uzunchoq parrak shaklida to‘g‘raladi va ko‘katlar bilan aralashtiriladi.
  3. Aralashmaga pishirilgan mol go‘shti to‘g‘rab qo‘shiladi va idish o‘rtasida joy qoldiriladi.
  4. Strachatellaga biroz nok qo‘shilib, idishning o‘rta qismiga quyiladi.
  5. Salat ustidan balzam sirkasi va kunjut sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

Dangasa baliq salati

Foto: Marie Claire

Navbatdagi ushbu mazali salat ham bayram dasturxoni uchun ayni muddao.

Kerakli mahsulotlar:

  • tunets balig‘i – 300 gramm;
  • pomidor – 2 dona;
  • makkajo‘xori – 3 osh qoshiq;
  • bulg‘or qalampiri – 1 dona;
  • tuzlangan bodring – 2 dona;
  • limon – 1 dona;
  • ko‘kat va zaytun moyi.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuzlangan bodring, bulg‘or qalampiri, baliq va ko‘k piyoz mayda to‘g‘raladi.
  2. Pomidor po‘sti olinib, to‘rtburchak shaklda to‘g‘rladi.
  3. Barcha mahsulot idishga solinadi, makkajo‘xori, zaytun moyi, limon sharbati, tuz va ziravorlar sepiladi.
  4. Salat ko‘katlar bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz