Tez hazm bo‘ladigan va tabiiyligi bilan o‘ziga xos sanalgan mazkur shirinlik nafaqat kattalar, balki bolajonlar uchun ham sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q.
— Manba: «Daryo» nashri.
Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
- laym — 1 dona;
- grek yogurti — 250 g;
- asal — 1 osh qoshiq;
- kivi — 3 dona;
- myusli yoki granola — 5-6 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni
- Qirg‘ichdan chiqarilgan laym po‘stini yogurt va asal qo‘shib aralashtiring.
- Kivini mayda kub shaklida to‘g‘rang.
- Stakanga yogurt, mevalar va myuslini ustma-ust qilib solib chiqing.
Yoqimli ishtaha!