Shaurma oilada, ayniqsa, yoshlarning sevimli taomi hisoblanadi. Yegulikni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “1000.menu”

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 3 dona;
  • lavash xamiri – 300 g;
  • pomidor – 1 dona;
  • pishloq – 200 g;
  • smetana – 3 osh qoshiq;
  • sarimsoq – 2 bo‘lak;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • ziravorlar, ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Lavash xamirlari dastlab konvert shaklida tovada ikki tomoni qizargunga qadar qovuriladi.
  2. So‘ngra sovitishga qo‘yiladi.
  3. Tovuq filesi bo‘laklarga bo‘linib, ziravorlar solinadi va tovada 3-5 daqiqa davomida qovuriladi.
  4. Pomidolar ham o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi.
  5. Piyoz mayda to‘g‘ralib, o‘simlik yog‘ida qovuriladi.
  6. Pishloq esa qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  7. Sous uchun sarimsoq qirg‘ichdan o‘tkaziladi, ko‘kat bilan smetanaga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
  8. Barcha mahsulotlar aralashtirilib, nachinka taxminan 2 osh qoshiqdan lavash xamiri ichiga solinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz