Ushbu pirogni turli ta’mdagi murabbo bilan tayyorlash mumkin. Shirinlikning mazasi shunga ko‘ra o‘zgaradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sariyog‘ – 200 gramm;
  • shakar – 120 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • un – 450 gramm;
  • qabartma – 1 choy qoshiq;
  • murabbo – 250 gramm;
  • tuz – bir chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Yumshatilgan sariyog‘, tuz, shakar va tuxum yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Elakdan o‘tkazilgan un qabartma bilan aralashtiriladi. Tuxumli massaga oz-ozdan solinib, yopishqoq bo‘lmagan xamir qoriladi.
  3. Xamirning taxminan 1/3 qismi ajratib olindi, plyonkaga o‘ralib, 20-25 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  4. Qolip yog‘lanib, xamirning qolgan qismi yoyiladi.
  5. Xamir yuzasiga bir tekisda murabbo solinadi. Muzlatilgan xamir qirg‘ichdan o‘tkaziladi va murabbo ustidan sepiladi.
  6. Taxminan 20-25 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz