Limon ta’mi bilan boyitilgan tortdan tatib ko‘rishni tavsiya etamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Xamir uchun:

  • un – 500 gramm;
  • shakar upasi – 140 gramm;
  • sariyog‘ – 250 gramm;
  • tuxum sarig‘i – 4 dona;
  • tuz.

Nachinka uchun:

  • limon – 2-3 dona;
  • shakar – 140 gramm;
  • tuxum – 5 dona;
  • qaymoq – 150 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Un elakdan o‘tkaziladi, shakar va tuz bilan aralashtiriladi. Sariyog‘ un bilan uvalanadi.
  2. Ustidan tuxum sarig‘i qo‘shilib, yumshoq xamir qoriladi va 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  3. Limonni qobig‘i qirg‘ichdan o‘tkaziladi, sharbati siqib olinadi.
  4. Limon sharbati, shakar, tuxum va qaymoq yaxshilab ko‘pirtiriladi. Aralashma elakdan o‘tkaziladi.
  5. Xamir 2-3 millimetr qalinlikda dumaloq shaklda yoyiladi. Qolipga solinib, chet qismlari kesib chiqiladi.
  6.  Xamir sanchqi yordamida bir necha joyidan teshilib, 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  7. Pech 160 darajaga qizdiriladi. Xamir ustiga folga qog‘oz qo‘yilib, yuzasiga quruq guruch yoki loviya qo‘yiladi.
  8. 10 daqiqadan keyin folga olib tashlanadi va jigarrang bo‘lgunga qadar 20 daqiqaga qo‘yiladi.
  9. Pechdan olingan tart yuzasiga nachinka quyiladi va nachinka quyuqlashguncha 30-40 daqiqaga yana pechga qo‘yiladi.
  10. Dasturxonga tortishdan avval to‘liq sovitiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz