Qo‘y go‘shti, guruch, yogurt va tuxum aralashmasiga qo‘shilgan sarimsoq har qanday kishining ishtahasini ochib yuborishi, shubhasiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qo‘y go‘shti – 600 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • sariyog‘ – 70 gramm;
  • sarimsoq piyoz – 2 bo‘lak;
  •  suv – 450 ml;
  • guruch – 70 gramm;
  • un – 2 osh qoshiq;
  • tuxum – 6 dona;
  • tabiiy yogurt – 750 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. O‘simlik yog‘i tovada qizdirilib, bo‘laklangan qo‘y go‘shti 5 daqiqa davomida qovurib olinadi.
  2. Suvga tuz va ziravorlar, to‘g‘ralgan sarimsoq qo‘shiladi. 40-45 daqiqa davomida qaynatib olinadi.
  3. Go‘shtning ustidan guruch qo‘shiladi, suv quyilib, 8-10 daqiqa davomida qaynatiladi.
  4. Sariyog‘ tovada eritiladi. Un sariyog‘da 2 daqiqa davomida qovuriladi.
  5. Tuxum, yogurt, tuz va ziravorlar ko‘pirtiriladi. Ustidan unli aralashma qo‘shiladi.
  6. So‘ngra tayyor bo‘lgan massalar guruchli aralashmaga solinadi. Pechda 180 darajada, taxminan, 35 daqiqa davomida pishiriladi.
  7. Ta’bga ko‘ra ko‘katlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz